Yaponiyada 21 noyabr kuni COVID-19 ga chalinish bo‘yicha 2500 dan ortiq yangi holat aniqlandi.
Shu tariqa ketma-ket to‘rt kun eng ko‘p yangi holatlar soni bo‘yicha antirekord o‘rnatildi. Hukumat o‘sha kuni epidemiyani to‘xtatish uchun sayohat va ovqatlanish siyosatini qisman to‘xtatib qo‘yishini e’lon qildi.
Yaponiya teleradio eshittirishlar uyushmasi telekanali ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 21 noyabrda tasdiqlangan 2560 ta yangi kasallanish holati kasallik avj olganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Ular orasida Tokio 539 ta holat bilan 19 noyabr kuni o‘rnatilgan 534 ta holatning bir kunlik antirekordini yangiladi.
21 noyabr kuni G‘arbiy Osaka prefekturasida 415 ta yangi holat tasdiqlangan bo‘lib, u ham bir kunlik antirekordni yangiladi.
Yaponiya hukumati Bosh vazir qarorgohida COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha ishchi guruhni yig‘di. Uchrashuvdan so‘ng Bosh vazir Yosixide Suga hukumat epidemiya tez tarqalayotgan hududlarga sayohat uchun subsidiyalarni to‘xtatishini va prefektura gubernatorlaridan ovqatlanish kuponlarini berishni to‘xtatish haqida o‘ylab ko‘rishini e’lon qildi.
Biroq, Bosh vazir ushbu subsidiya siyosati qachon to‘xtatilishini aytmagan va subsidiyalar berilmaydigan sohalar doirasini belgilamagan.
O‘zA