French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi
09:51 / 2021-10-04

“Kiodo” agentligining xabarida aytilishicha, amaldagi Liberal-demokratik partiya yetakchisi Fumio Kisida Yaponiyaning yuzinchi bosh vaziri bo‘ladi.

Bugun parlamentning ikki palatasida bosh vazir nomzodi tasdiqlanishi ovozga qo‘yiladi, keyin bosh vazir vazirlar mahkamasini tuzadi.

Bosh kotib, tashqi ishlar va mudofaa vaziri o‘z lavozimida qoladi. Sobiq tashqi ishlar vaziri Fumio Kisidaning bosh vazir bo‘lishi 29 sentyabrda ma’lum bo‘lgandi.

Saylov natijasi e’lon qilinganidan so‘ng Kisida tez orada parlament saylovlari bo‘lishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabrning boshida bosh vazir Yesixide Suga bosh vazirlikdan voz kechib, partiya rahbarligiga o‘z nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qilgandi.