French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya hukumati toʻliq isteʼfoga chiqdi
09:46 / 2020-09-16


Bu haqda har bir vazir Sindzo Abega murojaat qilgan, deb xabar qiladi Kiodo agentligi.

28-avgust kuni Sindzo Abe kutilmaganda bosh vazirlik lavozimini tark etishi haqida maʼlum qilgan edi. U bu qarorga oʻzining sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sabab boʻlganini aytgandi.

Bugun Yaponiya parlamentining ikkala palatasida ham ovoz berish boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbir natijasida yangi bosh vazir nomi maʼlum boʻlishi kerak.

Yaponiyada partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlarning qaysi biri koʻp ovoz olsa, u bosh vazir boʻladi. Shu bois parlamentda eng eng koʻp oʻringa ega partiya yetakchisi eng koʻp ovoz olib mamlakat bosh vaziri boʻladi. Ayni paytda parlamentda Liberal-demokratik partiya eng koʻp oʻringa ega. Dushanba kuni bosh vazirlikka ushbu partiya vakili Yosixide Sugo nomzodi tasdiqlangan edi.