French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya Fukusima AESdan suv chiqarishning uchinchi bosqichini boshladi
15:26 / 2023-11-02

Yaponiyada “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi suvning uchinchi qismi dengizga tusha boshladi. Bu haqda “Tokyo Electric Power” (TEPCO) operatori bayonotida aytiladi.

Ilgari kompaniya avariya holatidan ikki marta suv chiqargan – 24 avgustdan 11 sentyabrgacha va 5 oktyabrdan 23 oktyabrgacha. 20 noyabrgacha davom etadigan joriy bosqichda kuniga 460 tonnaga yaqin drenaj rejalashtirilgan.

Umuman, 2024 yil martigacha uchinchi va to‘rtinchi bosqichda AESdan jami 31,2 ming tonna oqava suvni Tinch okeaniga tushirish ko‘zda tutilgan.

Suv bo‘shatilishi qarori qo‘shni davlatlar, birinchi navbatda Xitoy, shuningdek mahalliy baliqchilarning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

2011 yil 11 mart, juma kuni tarixdagi eng kuchli zilzila natijasida boshlangan Fukusima-1 AESdagi avariya xalqaro yadroviy hodisalar shkalasi (INES) bo‘yicha maksimal 7-darajali radiatsiya holatidir.