Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya faxriy imperatori Akixito kasalxonaga yotqizildi
10:44 / 2022-09-19

Yaponiyaning faxriy imperatori Akixito dushanba kuni ko‘zida jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi uchun kasalxonaga yotqizildi, deb xabar tarqatdi NHK telekanali.

Xabarda faxriy imperator dushanba kuni ertalab rafiqasi faxriy malika Mitiko hamrohligida Tokio universiteti qoshidagi kasalxonaga kelgani aytilmoqda. Bu yerda uning chap ko‘zidan kataraktani olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. 25 sentyabrda esa xuddi shunday jarrohlik amaliyoti keksa imperatorning o‘ng ko‘zida amalga oshiriladi.

Yaponiyaning faxriy imperatori Akixito hozir 89 yoshda. U shu yil yozda ham yurak yetishmovchiligi sababli shifoxonaga yotqizilgan edi. Shifoxonadan chiqqandan keyin uning ahvoli yaxshi ekani aytilgandi.