French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya elchixonasi xodimlari Urganch shahridagi maktabga tashrif buyurdi
06:30 / 2024-03-15

FOTOREPORTAJ

Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi xodimlari, “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi koordinatorlari Maruyama Nana va Nargiza Abdulazizova Xorazm viloyati Urganch shahridagi 31-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Mehmonlarga viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamro Bektemirov hamrohlik qildi.  

[gallery-16410]

Tadbirda maktabga Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etilgan grant loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, bu boradagi takliflar bildirildi. Shuningdek, maktabning sanitariya va gigiyena holatini yaxshilash bo‘yicha hamkorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, monitoring qilindi.

Ta’kidlash kerak, 2023-yilda ushbu maktabda grant loyihasi doirasida Yaponiya hukumati tomonidan 91 ming AQSH dollari qiymatidagi gigiyena va sanitariya sharoitlarini yaxshilash vositasi o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu qurilma yordamida iste’moldan chiqqan suv tozalanib, ekin maydonlarini sug‘orishga ishlatilmoqda.

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA