Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya delegatsiyasi Surxondaryoda
15:42 / 2024-12-07

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) eksperti Kiyoxiko Kuroda boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot chog‘ida O‘zbekiston -­Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik rishtalari, Surxondaryo viloyatining kunchiqar davlatdagi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirayotgani ta’kidlandi. Bu hamkorlik yangi loyihalarni amalga oshirishda keng imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi.  Ikki tomonlama kelishuvlar doirasida Surxon vohasida O‘zbekiston-Yaponiya texnologiya universiteti tashkil etilayotgani, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsiz migratsiya yo‘nalishlarida qator loyihalar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida fikr almashildi.  

Uchrashuvda Yaponiyaga xavfsiz migratsiyani ta’minlash uchun yangi platformani ishga tushirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, JICA agentligi bilan hamkorlikdagi loyihalar va boshqa kelishuvlar haqidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri