Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya, Britaniya va Italiya hamkorlikda yangi avlod qiruvchi samolyotini yaratadi
18:37 / 2023-03-16

Yaponiya mudofaa vaziri Yasukadzu Xamada, uning britaniyalik hamkasbi Ben Uolles hamda Italiya mudofaa vaziri Guido Krozetto payshanba kuni Tokioda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda uch mamlakatning oltinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yaratish sohasida hamkorlik qilishini tasdiqladi. Kuni kecha Yaponiya mudofaa vazirligi saytida shu haqda xabar tarqatildi.

Uchrashuvda Xamada  yangi jangovar samolyot yaratish bo‘yicha hamkorlik uch mamlakatning kelgusida yana turli sohalarda hamkorlik qilishiga poydevor bo‘ladi, deb bayonot berdi. Unga javoban, Uolles va Krozetto Yevropa bilan Osiyo xavfsizligi masalalari bir-biridan ayro emasligini  ta’kidlashgan.  

Xabarda aytilishicha, muzokaralarda Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries (MHI), Britaniyaning BAE Systems va Italiyaning Leonardo korporatsiyalari vakillari ham ishtirok etgan.