Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaning bayonot berishicha, Rossiya bilan tinchlik shartnomasi imzolash bo‘yicha yuzaga kelgan muammoni kelgusi avlod yelkasiga yuklamaslik kerak. Bosh vazirning ushbu gaplari uning ma’muriyati saytida e’lon qilindi.
"Yaponiyaning asosiy pozitsiyasi Shimoliy hududlar atrofi bilan bog‘liq masalani hal qilish va tinchlik shartnomasini imzolashdan iborat. Men shu masalani kelgusi avlod yelkasiga yuklamaslik uchun, uning ustidan tinmay ishlashga tayyorman", – deya ta’kidladi Kisida.
Bosh vazirning eslatishicha, oktyabr oyida u ushbu lavozimga o‘tirgan zahotiyoq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muzokara o‘tkazganini esga oldi. "O‘shanda biz tomonlar mazkur muammoni mavjud kelishuvlar, jumladan, 2018 yilda Singapurda erishilgan bitim asosida hal qilish uchun jiddiy shug‘ullanish kerakligi haqida bir fikrga keldik”, dedi u.
U shuningdek, orollarning sobiq aholisi uchun vizasiz borib kelishni, jumladan, ota-bobolarining qabrlarini ziyorat qilish va boshqa yo‘nalishdagi gumanitar almashuvlarni yo‘lga qo‘yishga urinayotganini ham ma’lum qildi.