Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya Bosh vaziri Olimpiadaga borish rejasi haqida gapirdi
10:33 / 2021-12-16

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari vaqtida Pekinga shaxsan tashrif buyurishni rejalashtirmayapti, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Uning aytishicha, rasmiylarning Olimpiadada ishtirok etish shakli bo‘yicha yakuniy qaror tegishli muddatda qabul qilinadi.
Avvalroq Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bir qator davlatlar tomonidan mazkur yirik sport anjumaniga nisbatan diplomatik boykot qilingani haqida gapirgandi. U olimpiya terma jamoalariga hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni ma’qulladi. Bir qator davlatlar o‘z yetakchilarini Pekin Olimpiadasiga yuborishdan bosh tortdi. Buni birinchi bo‘lib AQSH e’lon qildi. Keyin ushbu tashabbusga Avstraliya, Buyuk Britaniya va Kanada qo‘shildi.