English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya Bosh vaziri mamlakat chegarasi yaqinidagi havo patrullaridan xavotirda
18:53 / 2023-11-11

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Rossiya va Xitoyning Yapon dengizi ustida kuzatilgan havo patrullaridan xavotir bildirdi. Hukumat boshlig‘i bu masalani Tokio yaqinidagi Saitama muzofotida joylashgan Havoda o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari Iruma bazasi hududidagi chiqishi chog‘ida ko‘tardi, deb xabar berdi “Kyodo news”.

Mamlakatimiz atrofida “status quo” qoidasini bir tomonlama o‘zgartirishga urinish kuchaymoqda, – degan mulozim.

Yaponiya havo hududi buzilmagan bo‘lsa-da, Mudofaa vazirligi ayni harakatni kuch namoyishi sifatida qabul qilib, diplomatik kanallar orqali Xitoy va Rossiyaga jiddiy xavotirini yetkazdi.

Kisida eslatishicha, Yaponiya o‘tgan yil asosiy mudofaa hujjatlarini yangilash, “qarshi zarba” qobiliyatini, zarurat tug‘ilganda dushman qo‘nalg‘alariga zarba berish imkoniyatini shakllantirish qarorini e’lon qilgan. Bu harakat urushdan voz kechilgan Konstitutsiyaga ega kun chiqar yurt uchun jiddiy siyosiy o‘zgarishdir.

Bosh vazir xavfsizlik muammosi, xususan Shimoliy Koreyaning raketa va yadroviy tahdidi sharoitida mamlakat mudofaasini mustahkamlash uchun zarur mablag‘ ta’minlanishiga va’da berdi.