Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya bilan hamkorlikning yangi bosqichi
21:47 / 2026-02-15

Yaponiyaning nufuzli “Joho Bencha” kompaniyasi direktori janob Koutaru Kay Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, hamkorlik doirasida mazkur oliy o‘quv yurtiga yapon tili bo‘yicha malakali mutaxassis jalb etiladi. U sakkiz oy davomida talabalarga dars berib, yapon tilini chuqur o‘rganish, kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda Yaponiyada ishlash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

Joriy yilning 16–23-yanvar kunlari Yaponiyaning “Orange” kompaniyasi rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasida yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. 

Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish doirasida “Orange Karakalpakstan” kompaniyasi 21-yanvar kuni rasman davlat ro‘yxatidan o‘tdi. Kompaniya yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Ushbu tashabbus yoshlarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda Yaponiya bilan ta’lim hamkorligini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA