Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya bilan hamkorlikda 152 mln dollarlik chorvachilik loyihasi amalga oshiriladi
17:25 / 2025-04-24

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi rahbari o‘rinbosari Yuka Sonoyama bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qiymati 152 million AQSH dollariga teng bo‘lgan "Chorvachilikni rivojlantirish va hayvonlar salomatligini yaxshilash" loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tomonlar chorvachilik xo‘jaliklariga imtiyozli kreditlar ajratish, veterinariya sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tashxis markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni belgilab oldi.

Shuningdek, JICA grantlari asosida hayvon kasalliklarining oldini olish, Yaponiyada diagnostika va akvakultura yo‘nalishlarida mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishni davom ettirishga kelishildi.

O‘zA