Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya Belarusga qarshi sanksiya qo‘llashini ma’lum qildi
10:09 / 2022-03-02

Bosh vazir Fumio Kisidaning ma’lum qilishicha, Yaponiya shu hafta Belarusga qarshi sanksiya joriy qilishi mumkin.

– Belarusga qarshi sanksiya ayrim shaxslar va tashkilotlarga nisbatan eksportni cheklash orqali qo‘llanadi, – dedi mulozim parlament byudjet qo‘mitasi yig‘ilishida.

O‘tgan hafta Tokio Rossiyaga qarshi sanksiya kuchaytirilishini bildirgandi. Kapitalni muzlatish, jismoniy shaxslar va tashkilotlarga viza berishni to‘xtatish, Rossiya moliya institutlari aktivlarini harakatsizlantirishn shular jumlasidan.