Yaponiya: Amaldagi liberal-demokratik partiyasi o‘z yetakchisining saylovini qachon o‘tkazadi?
Yaponiyaning amaldagi liberal-demokratik partiyasi sentyabrning yakuniga qadar o‘z yetakchisining saylovini o‘tkazadi.
“NHK”ning partiyadagi manbaga tayanib xabar berishicha, rahbariyat mazkur tadbir kechi bilan 29 sentyabrda o‘tkazilishini mo‘ljallagan. Sanaga 26 avgustdagi partiyaning tegishli qo‘mitasi yig‘ilishida aniqlik kiritiladi.
Partiyaning hozirgi raisi Yosixide Suga 2020 yilning sentyabrida avvalgi bosh vazir Sindzo Abening salomatligi tufayli iste’fosidan so‘ng Yaponiya bosh vaziri bo‘lgandi.