Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya Afrikada barqarorlik ta’minlanishi uchun 500 million dollar ajratish rejasi haqida ma’lum qildi
11:35 / 2023-05-02

Yaponiya hukumati kelgusi uch yil davomida Afrikada barqarorlik, tinchlik va taraqqiyotni ta’minlash sohasiga 500 million dollar ajratishini rejalashtirmoqda. NHK telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Ganada jurnalistlarga shu haqda ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Kisida va Gana Prezidenti Nana Akufo-Addo muzokara chog‘ida bir qator xalqaro masalalar, jumladan,  Sudan va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishgan. Fumio Kisida Gana Yaponiyaning muhim hamkori ekanini ta’kidlab, ikki mamlakat o‘rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirish niyati borligini ma’lum qilgan.  

Xabarda aytilishicha, Yaponiya bosh vaziri Afrikada davom etayotgan  safari chog‘ida Keniya va Mozambikda ham bo‘ladi.