Yaponiyaning Narita aeroportida sun’iy intellekt manbasi bilan ta’minlangan robot-politsiyachi navbatchilik qilmoqda.
Bu haqda “TASS” “Kyodo” axborot agentlgigiga tayanib xabar bergan.
Balandligi 1,2 metr, kichik transport vositasiga o‘xshash robotlar kameraga tushgan tasvirni bir zumda tahlil qila oladi. Moslamaga o‘rnatilgan dinamik yo‘lovchilarga zarurat tug‘ilganda murojaat qilish yoki buyurtma berish imkonini taqdim etadi.
Bu robotlar aeroportda tartib saqlaydi, unutilgan yoki shubhali tuyulgan buyumni aniqlay oladi.
Shunga o‘xshash, biroq sun’iy intellekt bilan jihozlanmagan politsiyachi robotlar yozgi Olimpiya o‘yinlari arafasida ham Tokio aeroportida paydo bo‘lgandi, deb yozadi “NSN”.
2021 yil sentyabr oyida Toyota texnologiya instituti tadqiqotchilari tik turish, sakrash, shuningdek, beqaror sirtda muvozanatni saqlashga qodir bir oyoqli robot yig‘ishdi.
“TTI Hopper” nomli ushbu ishlanmaga 1000 dollar sarflandi. Oddiy motor va uzatmadan yig‘ilgan bu robotni takomillashtirish maqsadida algoritm ishlab chiqildi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA