English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yapon tajribasi: qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha xalqaro muloqot (+video)
17:39 / 2026-01-26

Xalqaro toza energiya kuni munosabati bilan BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD) O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirishda bozor mexanizmlarini kengaytirish va xalqaro ilg‘or tajribalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yuqori darajadagi davra suhbatini o‘tkazdi.

Tadbirda davlat idoralari vakillari, xalqaro hamkorlar va soha mutaxassislari ishtirok etib, qayta tiklanuvchi energiya loyihalari uchun moliyaviy xatarlarni kamaytirish mexanizmlarini muhokama qildilar. Xususan, Yaponiyaning “Feed-in Tarif” (FiT) tizimidan “Feed-in Premium” (FiP) va raqobatbardosh auksionlarga o‘tish tajribasi hamda uning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu yig‘in O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTDning Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan “Innovatsion dekarbonizatsiya yechimlarini ilgari surish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etildi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar energiya sohasidagi islohotlar, xalqaro hamkorlik va xususiy sektor ishtirokining muhimligini ta’kidlashdi. Tadbir doirasida Yaponiyaning qayta tiklanuvchi energiyani qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariga bag‘ishlangan video taqdimot taqdim etilib, asosiy yutuqlar, muammolar va saboqlar muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya siyosatining rivojlanishi, raqobatli xaridlar va iqlim majburiyatlari bilan uyg‘unlashuv masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida Xalqaro toza energiya kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Sayyoramizga nafas beraylik” milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eek5j-U2CDU" title="Yapon tajribasi: qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha xalqaro muloqot" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Fardona Yaxshiboyeva, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA