Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yapon qo‘g‘irchoqlari ko‘rgazmasi ochildi
17:52 / 2020-11-20

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida yapon qo‘g‘irchoqlari ko‘rgazmasi ochildi.

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi va O‘zbekiston-Yaponiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmaga yapon madaniyatiga befarq bo‘lmagan yozuvchi, san’atshunos va talabalar tashrif buyurdi.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan qo‘g‘irchoqlar chehrasida kamtarinlik, hokisorlik va mehribonlik harakterlari balqib turibdi.  

Yaponiyani “o‘n ming qo‘g‘irchoqli mamlakat”, deb ham atashadi. Qadimdan qo‘g‘irchoqlar egasini balo-qazolardan saqlaydigan yoki unga omad va zavq keltiradigan tumor kabi ardoqlangan.  

Yapon an’anaviy qo‘g‘irchoqlari “ningyo” deyiladi. Bu qo‘g‘irchoqlarni bolalar o‘ynay olmaydi, juda katta. 

Bunday qo‘g‘irchoqlar butun olamni o‘ziga mujassamlashtirganki, estetika, din va hattoki, tasavvufni ham o‘z ichiga olgan, shuning uchun ham Yaponiyada hayratlanarli bo‘lsa-da, qo‘g‘irchoqlarning katta qismi kattalarga mo‘ljallangan.  

Hozirgi kunda esa yapon qo‘g‘irchoqlari ko‘pchiligi qadimiy tasavvuf ruhini yo‘qotgan va nafis san’at buyumlariga aylangan.

Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan qo‘g‘irchoqlarning har biri ma’lum tarixga ega. Ularning go‘zal va nafisligi tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi.

Yaponiyada taniqli bo‘lgan va sevib-ardoqlanadigan 100 ga yaqin qo‘g‘irchoqlar namoyish etilayotgan mazkur ko‘rgazma joriy yilning 1 dekabriga qadar davom etadi.  

D. Mamatova, O‘zA