French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yapon olimi xalqimizni oʻzbek tilida qutladi (+VIDEO)
20:11 / 2019-10-16

Yaponiyaning Tyubu universiteti oʻqituvchisi Seyka Vasaki 21-oktyabr — Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan oʻzbek xalqini muborakbod etib, video chiqish yoʻlladi.


Yaponiyaning Tyubu universiteti oʻqituvchisi Seyka Vasaki 21-oktyabr — Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan oʻzbek xalqini muborakbod etib, video chiqish yoʻlladi.

Qutlovda Seyka Vasakai oʻzbek kurashiga qiziqishi tufayli oʻzbek tilini mukammal oʻrgangani va u bilgan xorijiy tillar ichida oʻzbek tili eng sevimlisi ekanligini aytdi.


“Menga qadrdon boʻlgan bayramlardan biri 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan bayramidir. Nima uchun oʻzbek tilini bu qadar sevishimni bilmayman. Hozir ham oʻzbek tilini oʻrganmoqdaman.

Men oʻzbek kurashini chin dildan sevaman. Oʻzbek kurashi orqali, oʻzbek soʻzlari butun dunyoda jaranglamoqda. Oʻtgan yili Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlaridan kurash sport turi ham oʻrin olgan. Men bundan juda faxrlanganman.


Adashmasam, ikki yil avval Termizda oʻtkazilgan xalqaro kurash chempionatida xalqaro sudya sifatida ishtirok etganman. Bundan boshim osmonga yetar darajada xursand boʻlganman.

Termizda boʻlganimda, menga Surxondaryo juda yoqib qolgan shuning uchun ham video-chiqishim uchun bugun surxoncha doʻppini tanladim. Barcha oʻzbekistonliklarni Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun bayrami bilan samimiy muborakbod etaman”, deydi Seyka Vasaki.