Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yanvarda inflyatsiya pasaydi, ammo valyutaning ta’siri ortmoqda
11:41 / 2026-02-19

Yanvarda aholining yillik inflyatsion kutilmalari 11,2 foizga pasaydi, tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari esa 10,8 foizni tashkil qildi.

Bu haqda O‘zbekiston Markaziy bankining yanvar oyi uchun aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalariga bag‘ishlangan tahlilida keltirilgan.

Unda kommunal xizmatlar va yoqilg‘i-energiya narxlarining qimmatlashishi bo‘yicha xavotirlar ozaygani qayd etilsa, valyuta kursi o‘zgarishi bilan bog‘liq xavotirlar ketma-ket ikkinchi oydan beri ortmoqda.

Markaziy bank so‘rovnomasiga ko‘ra, dekabr oyidagi kichik o‘sishdan so‘ng yanvarda aholining inflyatsion kutilmalari 0,3 foiz bandga pasaydi. Aholi narxlarga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan asosiy omil sifatida valyuta kursi va transport xarajatlarini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, kommunal xizmatlar va yoqilg‘i-energiya narxlari bo‘yicha xavotirlar hali ham yuqori saqlanmoqda.

Tadbirkorlar orasida ham inflyatsion kutilmalar 0,3 foiz bandga pasayib, 10,8 foizni tashkil qildi. Yanvarda ularni eng ko‘p tashvishga solayotgan omil — valyuta kursi o‘zgarishi bo‘lgan. Boshqa xavotirlar esa kamaygan.

Inflyatsion kutilmalar sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich davlat va tibbiyot xodimlari orasida, nisbatan past ko‘rsatkich savdo va qishloq xo‘jaligi sohalarida kuzatilgan. Hududlar kesimida eng yuqori aholi inflyatsion kutilmalari Toshkent shahrida, tadbirkorlar esa Surxondaryo viloyatida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkichlar Navoiy va Toshkent viloyatida qayd qilingan.

E’tiborli jihati shundaki, joriy yilning yanvarda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari umumiy holda pasayishi barqarorlik va iqtisodiy signal sifatida ahamiyatli sanalmoqda.

Sh.Mamaturopova, O‘zA