Yanvar-noyabr oylarida 135,8 trillion so‘mlik soliq tushumlari amalga oshirildi
Davlat soliq qo‘mitasi xabar berishicha, respublikada joriy yilning yanvar-noyabr oylarida davlat byudjetiga 135,8 trillion so‘mlik soliq tushumlari amalga oshirildi.
Xabarda qayd etilishicha, 2021 yilning mos davriga nisbatan 20 trillion so‘mga yoki 117 foiz o‘sishga erishildi.
Jumladan, soliq turlari kesimida mol-mulk solig‘idan 3,6 trillion so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 trillion so‘mga yoki 157 foizga, yer solig‘idan 4,8 trillion so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 trillion so‘mga yoki 133 foizga, QQSdan 30,4 trillion so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,5 trillion so‘mga yoki 133 foizga o‘sishga erishildi.
O‘zA