Mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish maqsadida Polsha davlatidan tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchi Yanush Pexochinski saylov jarayonlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
– O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stona, o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash siyosati savdo-iqtisodiy, kooperatsiya, investitsiyaviy hamkorlikni, shuningdek, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida transport logistikasi sohasidagi aloqalarni kengaytirish uchun ishonchli zamin yaratdi. Shu o‘rinda aytish joiz, O‘zbekiston yuritayotgan ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari mintaqani barqaror, xavfsiz, hamkorlikda gullab-yashnagan makonga aylantirishga tayyorliklarini izhor qilmoqda. Bu esa mintaqa davlatlari iqtisodiyotlarning tezkor taraqqiyotiga yordam beradi.
Jumladan, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish yo‘lida olib borilayotgan ishlarga munosib hissa qo‘shganingizdan ham xabarimiz bor, bundan juda mamnunmiz. Chunki bu nafaqat bargina mamlakat, balki butun dunyoni tashvishga solayotgan muammodir.
E’tiborga molik tomni mamlakatingizda iqtisodiyotning tobora rivojlanib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Polsha davlati mamlakatingizdagi muhim siyosiy saylov jarayonni va yangi O‘zbekistonning bunyod bo‘lishini katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Negaki, mamlakatingiz bilan eksport masalasida hamkorlik o‘rnatganmiz. O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva-sabzavotlar Polsha bozorlarida xaridorgir.
Mamlakatingizdagi Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari saylov qonunchiligi va xalqaro huquq me’yorlariga to‘la muvofiq holda tashkil etilgan. Xalqaro kuzatuvchilar istaklariga qarab, barcha saylov uchastkalariga erkin borishlari ta’minlangan. Men O‘zbekistonda Prezident saylovi milliy va xalqaro demokratik tamoyillar asosida, saylovchilarning yuqori darajadagi ishtirok etishiga ishonaman. Zero, saylovchilar faolligi millat hamjihatligini, o‘z yurtiga bo‘lgan ishonchni, olib borilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlanishini namoyon etadi.
Shahnoza Mamaturopova,
O‘zA