Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yantoqlar qoplagan cho‘ldan guldek manzilgacha – Jarqo‘rg‘onda “Yangi O‘zbekiston” massivi...
16:40 / 2026-03-05

Munosabat

Bu el ayvonida qaldirg‘och in qurib, polopon ochsa, shukronalik keltiradi. Manzil-makoni fayzli dargoh ekanki, undan qushlar ham baraka topayotganidan quvonadi.

Bugun yurtimizning biror go‘shasi yo‘qki, unda yangi va shinam manzillar qurilmayotgan bo‘lsa. Obod makonlar bo‘nyod bo‘lyaptiki, oilalar farovon, manzillar ravon. Aholiga munosib sharoit yaratish, shinam turar joylar barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami oshgan.

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 12-oktabrdagi tegishli farmoniga muvofiq, “Yangi O‘zbekiston” massivlarining qurilishi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy shaharsozlik talablari asosida barpo etilayotgan shunday loyihalardan biri Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida qad rostlamoqda.

Cho‘l hududini o‘zlashtirish hisobiga bunyod etilayotgan massivning 50 gektarida 116 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha poliklinika, 180 o‘rinli bog‘cha, 330 o‘rinli maktab va mahalla binosi foydalanishga topshirilib, 68 ta uydagi 1,5 mingta xonadonga aholi ko‘chib kirdi.

[gallery-27996]

Shuningdek, axborot texnologiyalari va ingliz tili o‘quv markazi ish boshlagan, 7 ta mikromarkaz hamda 5 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ekti qurilgan. Ichimlik suvi, issiqlik tarmoqlari, 3 kilometrga yaqin gaz quvuri tortilib, 250 kilovattli transformator o‘rnatilgan. 4,5 gektar yerga manzarali va mevali daraxtlar, dasht hududidagi 300 gektar maydonga esa saksovul o‘simliklari ekilgan.

Kelgusida bu yerda yana 50 ga yaqin uy qurilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, joriy yilda yana 14 ta 280 xonadonli ko‘p qavatli uy-joy, yangi yo‘llar, ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda istirohat bog‘i barpo etilishi rejalashtirilgan.

– Yurtimiz aholisiga munosib sharoitlar yaratish, shinam turar joylar barpo etish borasida Surxondaryoda avj olgan keng ko‘lamli ishlardan quvonsak, arziydi. Jarqo‘rg‘ondagi “Yangi O‘zbekiston” massivi – bugun chin ma’noda aholi farovon yashayotgan so‘lim maskanlardan biriga aylanibdi, – dedi O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov. –  Bu yerlarni bir paytlar cho‘l bo‘lgan desangiz, hech kim ishonmaydi. Qarang, mahobat va yashillikni, ko‘z quvnaydi. Faqat maza qilib yashash uchun bunyod bo‘lgan, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Joriy yil 26-fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston” massivida faoliyat yuritayotgan “Yangi yoshlar” boshqaruv servis kompaniyasining ishi bilan ham tanishgan edi. Kompaniya tumandagi 161 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatadi, shundan 54 tasi mazkur massivda joylashgan. Hududdagi ko‘p qavatli uylar tomiga 5-15 kilovattli quyosh panellari o‘rnatilgan.

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi xodimlarini mahalla darajasiga tushirib, bevosita joylarda faoliyat yuritishi tashkil etildi.

Shunga asosan joriy yil yanvar oyidan boshlab hududdagi “Yangi O‘zbekiston” MFYda Favqulodda vaziyatlar tizimi organlari xodimlari faoliyati tashkil etilgan.

– Vazifamiz mahallada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda favqulodda texnogin vaziyatlarning oldini olishdan iborat. Shu bilan birga, aholini bunday vaziyatlarga tayyorlash, ular o‘rtasida tizimli profilaktika ishlarini amalga oshiramiz, – dedi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori, katta leytenant Abror Xoliqov. – Eng muhimi, xalqimizning xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashamiz. Biz hozir mahalla yettiligi bilan birgalikda hududda istiqomat qiluvchi aholi bilan xonadonbay ishlarni tashkil etib kelmoqdamiz. Qolaversa, mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar, maktab, o‘quv markazlari hamda poliklinikalarda turli o‘quv mashqlari o‘tkazilib, favqulodda holatlar bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilyapmiz.

Abdulaziz RUSTAMOV,  Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA muxbirlari