Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yanina Kuskova «Tour of Bostonliq Ladies I» ilk bosqichi g‘olibi!
14:24 / 2024-05-27

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida 2.2 klassifikatsiyadagi «Tour of Bostonliq Ladies I» ko‘p kunlik xalqaro turnirning dastlabki g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

«Tour of Bostonliq Ladies I» musobaqasining birinchi bosqichida velosportchilar 20 km masofaga shaxsiy vaqt yakkalik poygasida bahslashdi.  

Bahs yakuniga ko‘ra, ayollar O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi Yanina Kuskova g‘alaba qozondi. Kuchli uchlikni Faina Potapova (Qozog‘iston) hamda Akpeyil Ossamga (Qozog‘iston) nasib etdi.   

Shuningdek, Yanina Kuskova ilk bosqichda sariq maykaga ham ega chiqdi. Musobaqa davom etmoqda.  

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA