French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiyo‘lda naslli qoramol sotib olish uchun ajratilgan pullar talon-toroj qilindi
15:12 / 2022-08-10

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida naslli qoramol olish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini o‘zlashtirish holati aniqlandi.

Mazkur ish yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda yakka tartibdagi tadbirkor D.A. va boshqalar tanishi A.ning rahbarligidagi “A.H.” MCHJga naslli qoramol sotib olish uchun bank filialidan ajratilgan 500 million so‘m kredit mablag‘i evaziga ushbu MCHJga 52 ta naslli qoramollar yetkazib berilgani haqida hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

A.Musayev, O‘zA