Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiyo‘l tumaniga press-tur uyushtirildi
11:45 / 2023-09-09

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 56-umumta’lim maktabida avval yetarlicha sharoit bo‘lmagani uchun darslar 3 smenada tashkil etilgandi. Bu o‘quvchilar va muallimlarga noqulayliklar keltirib chiqargan.

Shu kabi holatlarni e’tiborga olib, ta’lim muassasasi qayta ta’mirdan chiqarildi.  Buning uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 milliard 770 million so‘m ajratildi. Yangiyo‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Akrom Xoliqovning aytishicha, hozir hududda 78 ta ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, bulardan 55 tasi umumta’lim maktabi, 2 ta boshlang‘ich ta’lim maktabi, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 21 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.  

Umumta’lim maktablarida ta’lim o‘zbek, rus va qozoq tillarida olib borilmoqda. 2023-2024 o‘quv yilida umumta’lim maktablariga jami 35 ming 580 nafar o‘quvchi keldi. Bulardan 3 ming 657 nafari 1-sinfga qabul qilindi.  

[gallery-13507]

Prezidentimiz tashabbusi bilan maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Hayot maktabi” dasturi doirasida Yangiyo‘l tumanida ham samarali ishlar tashkil etilgan. Buning uchun hududdagi 40-maktab namuna sifatida tanlab olindi. O‘quvchilarning qiziqishi, ularning taklif va tashabbuslari o‘rganildi. Shu asosda bolalarga ikkinchi til sifatida nemis tili va IT yo‘nalishidagi darslar “AutoCAD” dasturi bo‘yicha o‘tilmoqda.  

Bir guruh jurnalistlar tuman hokimligi mas’ullari, hudud faollari bilan birga “Ahil” MFYdagi 100 o‘ringa mo‘ljallangan davlat xususiy-sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida qatnashdi. Ilgari bu mahallada bolalarning bog‘chaga qamrovi yetarli emas edi. Shuning uchun aholi taklifi va murojaatlari asosida tadbirkorlar ko‘magi bilan yangi bog‘cha ishga tushirildi. Bu yerda bolalar uchun barcha sharoit yaratildi.  

Press-tur davomida navbatdagi manzil “MIRISMOIL TEX INVEST” oilaviy korxonasi bo‘ldi. Bu yerda tekstil-trikotaj mato va tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha oyiga 56 million so‘mlik mahsulotlar tayyorlanmoqda. Buning uchun 25 nafar xotin-qizning bandligi ta’mingan. Oxirgi 6 oy davomida tumanda umumiy qiymati 574,8 milliard so‘mlik 36 ta korxona foydalanishga topshirildi. Buning natijasida 1 ming 782 nafar yangiyo‘llik ishli bo‘ldi.  

A.Musayev, D.Ernazarov, (surat),  

O‘zA muxbirlari