English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiyo‘l tumanida fermer xo‘jaligi o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda elektr tarmog‘iga ulangan
09:46 / 2023-08-11

Joriy yilning 10 avgust kuni “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura departamenti va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanidagi “Haqiqat” MFYda fuqaro J.A. ga qarashli fermer xo‘jaligi o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda elektr tarmog‘iga ulanib olgani aniqlandi. 

Bu holat tufayli davlat manfaatlariga 435 million 456 ming so‘m (967 680 kVt·soat) miqdorida zarar yetkazilgan. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 4 ming 800 ta xonadonning bir oylik iste’molidir.

Mazkur aniqlangan holat yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim etildi, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabarida. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA