French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiyo‘l shahridagi eksportyor korxonalar muammolari bartaraf etilmoqda
13:41 / 2021-03-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi "MARATON TEXTILE", " OSIYO GRAND TEKSTIL”va "Master global plyus" korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish, eksport jarayonlarini o‘rgandi.

Unda asosiy e’tibor eng avvalo, hududdagi eksportyor korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni o‘z vaqtida  eksportga yo‘naltirishda mavjud muammolarni bartaraf etish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga munosib xaridor topishga qaratildi. Shuningdek, tadbirkorlarga  har tomonlama ko‘mak berish va faoliyatini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilishi istiqbollari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ayni paytda Yangiyo‘l shahrida 20  ta eksportyor korxona samarali  faoliyat yuritayotgan bo‘lib, Argentina, Hindiston, Chexiya, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi davlatlarga turli mahsulotlar yetkazib bermoqda.

2020 yil yakuniga ko‘ra, Yangiyo‘l shahar hududidagi eksportyor korxonalar tomonidan 8,0 million dollar miqdorida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xorijga eksport qilindi. Joriy yilda ham bu boradagi ishlarni yanada kengaytirish maqsadida zamonaviy loyihalar amalga oshiriladi.

A.Musayev,

O‘zA