Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiyerliklar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
11:28 / 2022-10-10

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi "Fazilat" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Sirdaryo viloyati hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan salomatligida muammosi bor aholi vakillari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rikni oftalmolog, kardiolog, endokrinolog, nevropatolog, terapevt, akusher-ginekolog, onkolog, urolog, xirurg, travmatolog, pediatr, bolalar nevropatologi, dermatolog, ona va bola skrining markazi mutaxassislari o‘tkazdi.

– Yangiyer shahrida yashovchi fuqarolar soha mutaxassislaridan maslahat va tavsiya oldi, – deydi Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Anvar Urolov. – Tibbiy ko‘rikka kelgan aholi vakillariga viloyat davolash profilaktika muassasalari, shahar tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida statsonar sharoitda, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ambulator davolanish uchun yo‘llanma va tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, sog‘lig‘ida jiddiy muammosi borligi sabab uyda yotib qolgan fuqarolar uchun "xonadonbay" tibbiy ko‘riklar ham tashkil etilib, ular salomatligi ko‘zdan kechirildi. Ularga bepul dori-darmon vositalari berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA