FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani chekka hududlaridan biri – Qoraariqning Yangiyer qishlog‘ida 220 o‘ringa mo‘ljallangan yangi 74-umumta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.
Bunga qadar yangiyerlik yoshlar 7 kilometr olisdagi 39-umumta’lim maktabida ta’lim olishgan. Ular 7 kilometrlik yo‘lni piyoda bosib o‘tgan. O‘quv xonalari keng, shinam, yorug‘, barcha zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan va eng muhimi, xalqning birdamligi, tashabbuskorligi mevasi bo‘lgan yangi maktabning qurilishi ko‘p yillik muammoning ijobiy yechimi bo‘ldi.
[gallery-25138]
Maktabning ochilish marosimida tuman hokimi, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular o‘quv xonalariga birma-bir kirib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Darvoqe, yangi o‘quv yilida mazkur umumta’lim maktabiga qabul qilingan 34 nafar 1-sinf o‘quvchisiga Prezident sovg‘alari topshirildi.
O‘zA fotomuxbiri
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar