Joriy yilning 9 aprel kunidan Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida xavf osti guruhiga kiruvchi 65-74 yosh, 75-84 yosh va 85 yoshdan katta yoshdagi fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari o‘rtasida emlash ishlari boshlab yuborilgan edi.
Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi buyrug‘iga asosan, xavf guruhiga kiradigan 65 yosh va undan kattalar, tibbiyot xodimlarini koronavirus kasalligiga qarshi emlash uchun Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi omborxonasidan jami 300 doza Hindistonda ishlab chiqilgan “Covisheld” (Astra-Zenesa) hamda 800 doza Xitoyda ishlab chiqilgan “ZF-UZ VAK” vaksinasi olib kelingan.
Bunda shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada va Navro‘zobod mahallasi hududida joylashgan 10-uchastkada jami 2 ta emlash punkti va 1 ta harakatdagi emlash brigadalari tashkil etilib, ularga malakali shifokor, vaksinator, dublyor va registratorlar biriktirilgan bo‘lib, bundan tashqari emlash jarayonida sovuqlik zanjiriga rioya qilish yuzasidan Yangiyer shahar SEO va JS omborxonasida va KTMP hamda Navro‘zobod 10-uchastkalariga yangi zamonaviy sovutgichlar o‘rnatilib, ishchi holatiga keltirilgan.
Bundan tashqari, vaksinalarni emlash punktlariga sifatli yetkazilishini ta’minlash maqsadida YUNISEF va GAVI (Global Alliance for Vaccines and Immunisation – Globalnыy alyans po vaksinam i immunizatsii) tashkilotlari tomonidan 1 dona zamonaviy maxsus avtomashina bilan ta’minlangan bo‘lib, ularga biriktirilgan mas’ullar o‘z vazifalarini e’tibor bilan bajarib kelmoqda.
A.Qayumov, O‘zA