Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiyer shahri qatʼiy karantin tartibiga oʻtdi
15:03 / 2020-06-28

28-iyundan nomaʼlum muddatga qadar Yangiyer shahridagi ayrim koʻchalarda yengil va temir-beton toʻsiqlardan foydalangan holda blok postlar oʻrnatildi hamda bu koʻchalarga avtotransport vositalarining kirib chiqishi qisman cheklandi.


28-iyundan nomaʼlum muddatga qadar Yangiyer shahridagi ayrim koʻchalarda yengil va temir-beton toʻsiqlardan foydalangan holda blok postlar oʻrnatildi hamda bu koʻchalarga avtotransport vositalarining kirib chiqishi qisman cheklandi.

Bu haqida shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi. Xabarda qayd etilishicha, jamoat joylarida, tashkil etilgan blok postlarda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash boʻyicha majburiy tibbiy nazorat oʻrnatilgan.

“Bugundan boshlab muntazam ravishda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan shahar markazida joylashgan dehqon bozori, savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlandi va kuchaytirilgan tartibda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda. Hududdagi buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat etilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yil iyun oyida Navroʻzobod MFYda istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shaharga epidemiologik noxush hududlardan kirib kelgan fuqarolar hamda bemorlar bilan muloqotda boʻlgan 525 ta oila (1994 ta fuqaro) tibbiy kuzatuvga olingan. Shundan 45 ta fuqaro shifoxonada, uy kuzatuvda 480 ta oila (1949 ta fuqaro)ni tashkil etadi.

Mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda joriy yil 13-iyun holatiga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan Yangiyer shahri “qizil” toifadagi hududga ajratilgan edi. Bugungi kunda infeksiyasi aniqlangan 4 nafar fuqaro toʻliq sogʻayib oʻz uylariga qaytarilgan. Tibbiy kuzatuvdagilarni 511 nafari sogʻlomlashtirishga erishildi, Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda 2020-yil 20-iyun holatiga Yangiyer shahri “yashil” toifadagi hududga aylantirilgandi.

Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi Jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi xabariga koʻra bugungi kunda, viloyatdagi Xovos va Boyovut tumanlari “sariq” hudud, Guliston shahri soʻnggi kunlarda aholi orasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishlar holati koʻpayganligi uchun “qizil” hudud toifasiga kiritilgan.