Yangiqo‘rg‘onda yangicha usulda tutzorlar barpo etiladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 650 gektar yer maydonida yangi tutzorlarni barpo etish, bunda Vetnam tajribasi asosida aholiga 1-2 gektardan yer ajratish hamda tut ko‘chatlari orasiga oziq-ovqat ekinlari ekishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanmoqda.
[gallery-11544]
Ushbu maqsadda “Jo‘ra Oxunov - Sharq Yulduzi” agrofirmasi hududidagi yaylov yerlarni o‘zlashtirish uchun tashabbuskorlar tomonidan sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan.
Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazzoqov yuqoridagi manzilning 200 gektar maydonida yangi tutzorlar barpo etish jarayonini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida adirlikdan iborat maydonni sug‘orishda tejamkor texnologiyalarni tatbiq qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA