French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiqo‘rg‘onda yangi kichik sanoat zonasiga tamal toshi qo‘yildi
17:54 / 2020-11-23

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida “Nurafshon” kichik sanoat zonasiga tamal toshi qo‘yildi.

Tuman nomi bilan ataladigan mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan yangi kichik sanoat zonasi 12 gektar maydonni egallaydi. Bo‘lajak sanoat hududida umumiy qiymati 80 milliard so‘mni tashkil etadigan 26 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur mablag‘ning 59 milliard 200 million so‘mi yoki qariyb 75 foizi tashabbuskorlarning shaxsiy mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. Kichik sanoat zonasi ishga tushganidan keyin bu yerda mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi. 

[gallery-131]

Tamal toshi qo‘yishda ishtirok etgan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov “Nurafshon” kichik sanoat zonasiga ertadan qurilish boshlanishi, buning uchun kerakli infrastruktura yaratilishi, ayniqsa, yo‘llarning holatiga jiddiy e’tibor qaratish kerakligini qayd etdi.

Darhaqiqat, bunday kichik sanoat zonalarining faoliyat boshlashi ishsizlik muammosiga barham berish, jinoyatchilik holatlarini jilovlashda muhim omil bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, Yangiqo‘rg‘on tumanida hozirda “Bunyodkor” kichik sanoat zonasida amaliy ishlar boshlangan. Yaqin orada esa “Yangi Bog‘iston” va “Gulshan” kabi sanoat hududlarida ham bunyodkorlik ishlarini boshlashga start beriladi.

Oqilxon Dadaboyev,  Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA