English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiqo‘rg‘onda sement zavodi ish boshladi
07:31 / 2022-09-01

FOTOREPORTAJ

Istiqlol bayrami arafasida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yana bir yirik loyiha ishga tushirildi. 
“Jahon yevro servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufiga tuman hokimining qaroriga asosan, Poromon qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan sement ishlab chiqarish zavodi qurilishi hamda tosh olish havzasi (karer) uchun 18 gektar yer maydoni ajratib berilgan edi. Loyihani amalga oshirish uchun 100 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ishlab chiqarishga Xitoy davlatidan keltirilgan texnologik uskunalar joriy etildi. Natijada 250 ta ish o‘rni yaratildi.
Kunlik ishlab chiqarish quvvati 1000 tonna, yillik ishlab chiqarish quvvati 300 ming tonnani tashkil etgan zavodda ayni paytda 450 markadagi sement tayyorlanmoqda. 

[gallery-8615]

Tashabbuskor 2023 yildan boshlab 400 va 500 markali sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Shuningdek, 2023 yildan boshlab sement zavodini kengaytirish hisobiga yangi ish o‘rinlari sonini yana 300 taga, yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvatini 900 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. 
Korxonaning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazzoqov ishtirok etdi.



Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA