Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiqo‘rg‘onda intensiv tutzorlar nazorat qilindi
14:19 / 2024-11-08

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi I.Ergashev Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Xitoyning “Jin Tong Shang Mao” MCHJ tomonidan tashkil etilgan intensiv tutzorlar holatini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida Xitoy texnologiyalari asosida intensiv usulda parvarish qilinayotgan tut plantatsiyalarining rivojlanishi va samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ushbu innovatsion usullarni yanada keng joriy etish va ipakchilik sohasida hosildorlikni oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.    

Mazkur tashrif intensiv tutzorlarni rivojlantirish va ipakchilik sanoatini yanada takomillashtirishga qaratilgan hamkorlikning muhim bosqichi bo‘lib, tarmoqda yangi texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytiradi.    

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA