French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiqo‘rg‘on olmasi: Hosil cho‘g‘i 120 ming tonna
11:37 / 2022-09-16

Fotoreportaj

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 12 ming gektardan ortiq bog‘ mavjud bo‘lib, shundan 5 ming gektardan ziyodida turli navdagi olma yetishtiriladi.

–Tumandagi 641fermer xo‘jaligi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan, - deydi  tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Murodxon Saidahmedov. – Bu yilgi hosilning cho‘g‘i baland. Har gektardan 20-25 tonna olma olamiz. Umumiy hisobda mavsumda hosil 100-120 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda. Shundan 20 foizini qayta ishlashga yo‘naltiriladigan bo‘lsak, 80 foizini ichki bozor va eksportga chiqaramiz.  

[gallery-8766]

Hududdagi 1,5 gektarli xususiy bog‘da esa “Pobeda”, “Golden”, “Moldovanka”, “Qandil”, “Qizil yulduz” kabi o‘ndan ortiq navli olma yetishtiriladi.

–Shu kunlarda olmalarning yozgi navi pishib yetildi, - deydi bog‘ egasi Jo‘ramirza Shermatov. – Kuzgi olmalarimiz oktyabrda yetiladi. Mavsumda 100 million so‘m daromad olishni niyat qilganmiz.


Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA