Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiobodda vatanparvalik festivali
16:44 / 2024-11-05

Jizzax viloyatining Tojikiston Respublikasi bilan chegara hududida joylashgan Yangiobod tumanida “Milliy armiyamiz Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbir o‘quvchi-yoshlarning kuzgi ta’tildagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yangiobod tuman hokimligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi tashabbusi bilan DXX chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. 

“Milliy armiyamiz Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida vatanparvarlik festivali o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yurita oladigan barkamol inson sifatida shakllantirish, xalqimizning tinchligini va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir ekanligiga qat’iy ishonchini yanada mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishdan iboratdir. 

Festival doirasida harbiy qurol-aslaha va texnikalar ko‘rgazmasi, harbiycha safda yurish, kinologlarning chiqishlari, kamondan otish musobaqasi, tabiiy va texnogen vaziyatlarda harakatlanish qoidalari va ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir yangiobodlik o‘quvchi-yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari