English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiobod hokimi aholi va yoshlar bilan uchrashdi
08:56 / 2023-02-04

Jizzax viloyati Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev “Do‘stlik” mahallasida hamda “Chakand” qishlog‘ida bo‘lib aholi va yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla va qishloq faollari, aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.  

Muloqot davomida tuman hokimi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalarga to‘xtalib,  joriy yilda hududda aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshiriladigan ishlar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi daromadini oshirishga qaratilgan vazifalar xususida gapirib o‘tdi.  

Shuningdek, aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir yangi imtiyozlar, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga kasb o‘rgatish amaliyotini joriy etish, shuningdek, bandlikni ta’minlash maqsadida ijara shartnomasi asosida aholiga yer ajratish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning afzalliklari hamda shu kabi yangiliklar yuzasidan aholi va yoshlarga tushunchalar berildi.  

Uchrashuv davomida aholi va yoshlarning ishga joylashish, moddiy ko‘mak va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan rahbarlarga aniq ko‘rsatmalar berildi.  

 

A.QAYUMOV, O‘zA