bugungi davr nafaqat davlatlar o‘rtasida, balki har birimizdan oila a’zolarimiz, ish joyimizdagi odamlar bilan diplomatik munosabatda bo‘lishni talab qilyapti.
Albatta, oldimizda turgan vazifalarni do‘q-po‘pisa yoki janjal-to‘polon bilan emas, murosayu madora va tinchlik yo‘li bilan hal etilishi nafaqat o‘zimiz uchun, atrofimizdagi odamlar uchun ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
Bugun yurtimizdan yetishib chiqqan ko‘plab diplomatlar dunyoning nufuzli davlatlarida elchilik vazifasida xizmat qilib kelishmoqda. Diplomatiya sohasida tahsil olayotgan talabalar oldiga qo‘yiladigan vazifalar va bugun jahonda yuz berayotgan vaziyatlar, yurtimizda sodir bo‘layotgan yangiliklar xususidagi savollarimizga javob olish maqsadida mutaxassislarga yuzlandik.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori, falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan Saidmuxtor Saidqosimovning bu boradagi mulohazalarini quyidagi video orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="1440" height="700" src="https://www.youtube.com/embed/fojhsn7cJ7Y" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
Nigora Rahmonova, Yoqub Meliboyev (video), O‘zA