English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiliklar soliq to‘lovchilarga yetkazilmoqda
17:56 / 2024-01-18

Davlatimiz rahbarinig 2023 yil 28 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinib, ushbu qonun bilan Soliq kodeksining 46 moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu yangiliklarni aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish maqsadida Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi  tomonidan amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda soha mas’ullari va tadbirkorlar ishtirok etdi.  

Ta’kidlandiki, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan byudjet tashkilotlarining loyihalari, shuningdek, davlat korxonalari hamda davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning infratuzilma loyihalari doirasida tovarlarni realizasiya qilish va ularning importi 2024 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar QQSdan ozod qilinmoqda.

Oldin bu soliq imtiyozi 2020 yilning 1 iyuliga qadar Xalqaro moliya institutlari va xorijiy xukumat moliya tashkilotlari direktorlari kengashi tomonidan ma’qullangan loyihalar bo‘yicha ushbu loyihalarni amalga oshirish muddati tugagunga qadar amal qilar  edi.

2024 yilning 1 aprelidan  dori vositalari, shuningdek, veterinariya dori vositalari, tibbiy va veterinariya xizmatlari bo‘yicha QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilinadi.

Bunda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan fuqarolarga QQS summasi (12 foiz)ni “keshbek” sifatida qaytarish mexanizmi yaratiladi.

– Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 5 milliard so‘mdan 10 milliard  so‘mga oshirilmoqda. Bu bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga o‘zgartirish kiritildi, – deydi Soliq qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i Komil Saidov. – Mol-mulk solig‘ining asosiy stavkasini (1,5 foiz) saqlab qolgan holda, soliq bazasini aniqlashda 1 kvadrat metr uchun o‘rnatilgan minimal qiymat viloyat markazlari uchun – 2 million so‘m (amalda 1,5 million so‘m), boshqa shaharlar va qishloq joylar uchun – 1,2 million so‘m (amalda 1 million so‘m) miqdorida belgilanmoqda.

[gallery-15531]

Shuningdek, seminarda qonunchilikdagi boshqa yangiliklar bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar berildi. Soliq to‘lovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),

O‘zA muxbirlari