Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilik: Tarixda ilk bor yoshi 100 million yilga teng dengiz jonzoti topildi
17:40 / 2018-01-24

Xitoy, Kanada va Avstriya olimlarining Xukong vodiysi (Shimoliy Myanma, Kachin shtati) ekspeditsiyasi chog‘ida topilgan qadimiy jonzot ostrakod bo‘lib, uning qoldig‘i qahrabo toshida saqlanib qolgan, deb xabar qildi TASS.

Ostrakod – qisqichbaqasimonlar oilasiga mansub bo‘lib, chig‘anoqlilar sinfiga kiradi. Dengiz jonzoti bo‘r davrida, bundan 145-66 million yillar oldin yashagan.

Xitoy geologiya instituti professori Sin Lidaning so‘zlariga ko‘ra, topilmaning noyobligi shundaki, bunday dengiz jonzotlari fanda juda kam o‘rganilgan. Uning o‘lchami ham g‘aroyib. Odatda ostrakodlar tanasi uzunligi 2 millimetrdan oshmagan, ammo buniki 12,9 millimetrdir. Okean tubida yashagan ostrakodning smola ichiga tushib qolgani ham o‘ta kamyob hodisa.

Paleontologlar fikricha noyob topilma hududlarning qadimiy ekologiyasi va ostrakodlar evolutsiyasini o‘rganishga yordam beradi.