English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanib borayotgan Buxoro...
10:36 / 2021-01-21

Buxoroliklar hayotida 2020 yil qanchalik og‘ir kechgan bo‘lmasin, vohada yangilanishlar, bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borildi.

Jami sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hajmi 17,5 trillion so‘mga, o‘sish sur’ati 101 foizga bajarilishi ta’minlandi. Shundan hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 6,4 trillion so‘mni va o‘sish sur’ati 113,3 foizni tashkil etdi.

Pudrat tashkilotlari tomonidan 5,4 trillion so‘mlik pudrat ishlari bajarildi. Yirik korxonalar hisobidan 1,1 trillion so‘mni va o‘sish sur’ati 169,2 foizni, yakka tartibdagi turar joylarni qurilishi hisobidan 1,1 trillion so‘mni tashkil qildi.

Viloyatda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2016 yildagi 79 tadan 305 taga yetdi. 212 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. 597 ta loyiha doirasida 6,6 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Natijada 14 ming 893 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

“G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasida 33 ta investor tomonidan 131,7 million AQSH dollarlik 39 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Erkin iqtisodiy zona hududida jami 32 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 1 ming 913 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ishga tushgan mazkur loyihalar hisobiga 300,4 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, jami 17,1 million AQSH dollari qiymatida eksport amalga oshirildi.  

“Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasida issiqxonalar qurish uchun 336 ta loyiha tashabbuskorlariga qiymati 607,4 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish maqsadida 1,2 ming gektar yer uchastkasi ajratib berilgan bo‘lib, shu kunga qadar 376,2 gektar maydonda issiqxona ishga tushirildi va 4 mingtadan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Agrar erkin iqtisodiy zonasida 232 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 10 million dollardan ortiqroq mahsulot eksport qilindi.

Viloyatning 13 ta shahar va tumanlarida 23 ta ob’ekt negizida 73,8 gektar yer maydonida 16 ta kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Ushbu zonalarda 40 ga yaqin loyihalar ishga tushirildi. Natijada, 500 dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratildi. Jami 47 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Shundan 1,79 million dollar miqdoridagi sanoat mahsulotlari eksportga yo‘naltirildi.

Viloyatda jami 22 ming 978 ta kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 5 ming 473 ta kichik biznes sub’ektlari yangidan tashkil etilgan. Faoliyat ko‘rsatmayotgan 1 ming 747 ta korxonalar faoliyati qaytadan tiklandi.

Natijada viloyatda kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2017 yildagi 69,8 foizdan 2020 yilda 76,9 foizga yetdi.  

Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga jami 5,3 trillion so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Jumladan, 6 ming 875 ta kichik biznes sub’ektlariga o‘tgan davr mobaynida 2,8 trillion so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Buning hisobiga 8 ming 262 nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi.

Dasturlar doirasida jami 300 ta (shundan 25 tasi keyingi yilga o‘tuvchi) ijtimoiy soha ob’ektlarida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borildi. Koronavirus pandemiyasi sharoitiga qaramasdan 40,4 mingdan ortiq doimiy yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga erishildi.

Viloyatda jami 42 ming 763 ta ehtiyojmand oilalardagi 165 ming 964 nafar fuqaro “Temir daftar”ga kiritilgan.

bugungi kunda kambag‘al oilalardagi 45 ming 517 nafar mehnatga layoqatli ishsizlarning 45 ming 214 nafari yoki 99,3 foizining bandligi ta’minlandi.  

Natijada 38 ming 487 ta ehtiyojmand oilalarning 152 ming 381 nafar fuqarolari Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari qarorlari asosida kambag‘allar ro‘yxatidan chiqarildi.

2021 yil 1 yanvar holatida “Temir daftar”ning yangilangan ro‘yxatiga ko‘ra, 4 ming 276 ta oilaning 13 ming 608 nafar kambag‘al a’zolari mavjud.

Hududiy sektorlar tomonidan jami 3 ming 685 ta oilaga issiqxona, uzumchilik, parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida qo‘shimcha daromad manbai yaratilishida ko‘mak berildi. bugungi kunda viloyatdagi 1 ming 273 ta (422 ta davlat, 69 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi, 26 ta xususiy, 756 ta oilaviy nodavlat) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 148 ming 514 nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 84 ming 793 nafari yoki 57,1 foizi qamrab olingan. Viloyatdagi 536 ta umumta’lim maktablarida 329 ming 787 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.

Buxoro shahri, Olot va Kogon tumanlarida 3 ta yangi umumta’lim maktablari ish boshladi. Peshko‘, Olot, Jondor tumanlari va Kogon shahridagi davlat umumta’lim maktablari negizida matematika, Jondor, Romitan va Qorako‘l tumanlarida kimyo va biologiya, Buxoro shahrida informatika faniga ixtisoslashtirilgan 8 ta maktab tashkil etildi. Viloyatdagi 448 ta maktablar internet tarmog‘iga ulandi. 181 ta maktablarda zamonaviy kompyuter sinflari yo‘lga qo‘yildi.

Umumta’lim maktablarini tamomlagan 25 ming 413 nafar o‘quvchilarning 5 ming 508 nafari yoki 21,7 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi. 65 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar imzolandi. 24 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etildi hamda 943 nafar talabalar qabul qilindi. Talabalarni qabul qilish kvotalari 7 ming 336 taga yoki o‘tgan yilgiga nisbatan 49 foizga oshirildi.

Viloyatda 26 ta yangi xususiy tibbiy muassasalar tashkil etildi. 6 tasining faoliyati kengaytirildi va qo‘shimcha 102 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi shifoxonalarda innovatsion usulda 1 ming 700 dan ortiq yuqori texnologik operatsiyalar bajarildi.

Viloyat aholisining qariyb 53 foizi yoki 1 million 30 ming 285 nafarini yoshlar tashkil etayotir. “Manzilli rejalar” asosida 18-30 yoshdagi 18 ming 749 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlandi.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida yoshlarga 93 ta biznes loyiha uchun 15,9 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 575 ta ish o‘rni yaratilishiga erishildi. 1 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi, 18 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini foydalanishga topshirish orqali 130 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi.

6 ta yangi turistik kompaniyalar ro‘yxatga olinib, ularning soni 2016 yilga nisbatan 3,8 barobarga ortib, jami 121 taga yetdi. 793 o‘rinli 12 ta yangi mehmonxonalar, 147 o‘ringa mo‘ljallangan 17 ta mehmon uylari foydalanishga topshirildi. Mehmonxonalar soni 369 taga yetdi.

139 ta yangi ob’ektlar, jumladan, “To‘dako‘l” suv havzasi qirg‘og‘ida plyaj turizmi ob’ekti, Romitan tumani Varaxsha massivi, “Bo‘rontepa” qadimiy tepaligi yonida “Bukhara Desert Oasis & SPA” sahro turizm klasteri ishga tushirildi. 1 ming 570 ta o‘ringa mo‘ljallangan 12 ta zamonaviy restoran, 4 ta yo‘l bo‘yi turizm infratuzilma ob’ektlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ziyorat turizmi ob’ektlari soni 27 taga yetkazildi. 37 ta turistik avtotransport vositalari keltirildi. Ularning soni 281 tani tashkil etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA