Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilangan WTA reytingida Kamilla Rahimova o‘z o‘rnida qoldi
14:51 / 2026-01-01

Butunjahon xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) o‘zining 2025 yil uchun so‘nggi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, jadvalning eng kuchli 50 taligida hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi.

Mazkur jadvalda belaruslik Arina Sobolenko 10 ming 870 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Iga Shvyontek (Polsha)  8 ming 395, Koko Goff (AQSH) esa 6 ming 763 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Biz uchun ahamiyatlisi, yangilangan reytingda sportchilik fuqaroligi bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosiga aylangan Kamilla Rahimova, Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva bu safar ham o‘tgan haftadagi o‘rinlarini o‘zgarishsiz saqlab qoldi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Kamilla 97, Polina 104, Mariya esa 143-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda o‘tadigan “Australian Open-2026” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Kamilla Rahimova  yakkalik bahslarining asosiy to‘rida ishtirok etadi. Shuningdek, u rossiyalik Anna Blinkova bilan juftlik bahslarida qatnashadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA