English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilangan reytingda tennischi qizlarimizda pasayish kuzatildi
12:27 / 2023-07-25

WTA rasmiy sayti ayol tennischilarning yangilangan haftalik reytingini e’lon qildi.

Reytingning Top-10ligi o‘zgarishsiz qoldi. Polshalik Iga Svyontek hali-hamon peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onada belaruslik Arina Sobolenko, kuchli uchlikni esa qozog‘istonlik Yelena Ribakina egallab turibdi.  

E’lon qilingan yangilangan WTA reytingidan joy olgan uch nafar tennischimizning barchasida pasayish kuzatildi. Birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova va Sevil Yo‘ldosheva 4 pog‘onadan pastlagan bo‘lsa, Milana Maslenkova o‘z o‘rnidan to‘qqiz pog‘ona pastladi.    

Shu tarzda WTA reytingida Nigina Abduraimova 181, Sevil Yo‘ldosheva 925, Milana Maslenkova 1342-o‘rinda qayd etildi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA