Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilangan maktablar ta’lim rivojlanishida katta kuchdir
11:57 / 2025-10-22

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi 60-maktab qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Ta’lim dargohining tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, ta’lim sohasi va mahalla faollari, maktab ma’muriyati hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Marosimda maktabdagi zamonaviy sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

[gallery-25852]

Ta’kidlash joiz, mazkur maktab Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni, davomat, umumiy tartib-intizom tizim tomonidan doimiy nazorat qilinadi va hamkorlikda ish tashkil etiladi. Yangilangan ta’lim maskanida zamonaviy sinf xonalari, sport zali, yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish xonasi hamda 360 daraja kuzatuv tizimi mavjud bo‘lib, ular o‘quvchilarning bilim olishi, xavfsizligi va faol dam olishiga xizmat qiladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA