Qo‘qon shahridagi 44- umumiy o‘rta ta’lim maktabi davlat dasturi doirasida yangidan qurib bitkazildi.
Maktabni foydalanishga topshirish marosimida shahar hokimi Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi doirasida Qo‘qon shahrida umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari mukammal ta’mirlanayotgani, o‘qituvchi va o‘quvchilarga zamon talabi asosida sharoitlar yaratilayotgani haqida gapirdi.







"Qo‘qon binokor" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bunyodkorlik ishlari uchun 7,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. 420 o‘rinli o‘quv korpusi, oshxona, sport va faollar zali barpo etildi.
Shahar hokimi boshchiligida "Yashil makon" loyihasi doirasida maktab hovlisiga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA