Toshkent shahridagi “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi filialida “Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish. Yangilangan Konstitutsiya: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
“8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tadbirda professor - o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘plab soha va yo‘nalishlar qatorida yoshlar masalasiga ham alohida ustuvorlik berilgani, bunda alohida bir bobning oila, bolalar va yoshlar masalasiga bag‘ishlangani, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi normalarning ahamiyati haqida so‘z bordi.
IIV akademiyasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik — Ilhom Xaydarovning huquqbuzarliklar va jinoyatlarning issiq izidan ochish usullari borasidagi ma’ruzasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Davra suhbatidan so‘ng namoyish etilgan Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi bazasidagi mobil ekspert-kriminalistik laboratoriyasi avtomobilining imkoniyatlari talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir shu tariqa yuksak sa’viyada o‘tkazildi, talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pExkhbEi0lw" title="“Yangilangan Konstitutsiya: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, O‘zA