Yangilangan jahon reytingida taekvondochilarimizning o‘rni qanday?
Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) noyabr oyi uchun yangilangan jahon reytingini e’lon qildi.
E’tiborli jihati, yangilangan reytingning kuchli 50 taligidan O‘zbekiston terma jamoasining 17 nafari joy olgan bo‘lsa, ularning 10 nafarini o‘g‘il va 7 nafarini taekvondochi qizlarimiz tashkil etdi.

Mahoratli sportchilarimizdan Najmiddin Qosimxojiyev -74 kilogrammda va Svetlana Osipova +73 kilo og‘irlikda dunyo reytingining yetakchisiga aylandi.

Shuningdek, terma jamoamiz a’zolaridan Jahongir Xudoyberdiyev, Shuhrat Salayev, Jasurbek Jaysunov, Marat Mavlonov va Ozoda Sobirjonova o‘z vazn toifalarida kuchli o‘nlikda, Nazarali Nazarov, Yodgorbek Jo‘raboyev, Diyorbek To‘xliboyev, Madina Mirabzalova kuchli yigirmatalikda qayd etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA